Boltiqböyi davlatlari xavfsizligi bugun Yevropadagi eng dolzarb masalalardan biri. Rossiya dronlarining Polşa hududiga kirişi umumiy xavotirni kuçaytirdi, biroq Ğarb manbalari Rossiyaning NATOga bevosita hujumi ehtimoldan yiroq ekanini ta’kidlamoqda.
Mintaqadagi vaziyat esa NATO xavfsizlik arxitekturasini jiddiy savol ostiga qöydi: “5-modda işga tuşadimi?”
“Geosiyosat”da tahlilçilar NATO va Rossiyaning ehtimoliy töqnaşuv xavfini muhokama qilişdi.
Boltiqböyi davlatlarining havo hududini yopiş va çeklovlar joriy etişga asoslari bormi?
Anvar Yöldoşev: Yöq, hozirça Rossiya NATO davlatlariga bevosita hujum qiladi degan aniq ma’lumot yöq. Ğarb manbalari ham bu fikrni tasdiqlamaydi. Biroq keça Polşa hududiga dronlarning kirib kelişi umumiy xavotirni kuçaytirdi. Şuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi hozirgi ustunligi ham Yevropada qöşimça taşviş uyğotmoqda. Şu bois, “Rossiya keyinçalik NATO davlatlariga, ayniqsa Boltiqböyi mamlakatlariga hujum qilişi mumkin”, degan xavotirlar yangramoqda. Biroq Ğarb davlatlari vakillari: “Rossiya bugun ham, yaqin beş yil içida ham hujum qilmaydi, ammo ehtimol 10 yil içida xavf tuğilişi mumkin”, degan ehtiyotkorona fikrlarni bildirmoqda.
Şaxsan mening fikrimça, bu xavotirlar asosli emas. Rossiya, xalq uruşdan, davlat ham iqtisodiy bosimdan çarçagan. Hozir mamlakat içki iqtisodiyotini saqlab qolişga köproq e’tibor qaratmoqda. Şu sababli, yaqin yillarda Rossiyaning NATO davlatlariga qarşi keng kölamli uruşi kutilmaydi.
Na katta, na kiçik davlatlarga qarşi harbiy tajovuz ehtimoli körinmayapti. Xususan, Ozarboyjon, Qozoğiston yoki Boltiqböyi mamlakatlari Estoniya, Latviya va Litvaga nisbatan ham yaqin orada hujum kutilmaydi. Rossiya NATOga hujum qilmaydi, bu mumkin emas. Estoniya butunlay NATO a’zosi va agar unga hujum qilinsa, 5-modda işga tuşadi; ya’ni boşqa ittifoqçilar zudlik bilan yordamga keladi. Rossiya buni juda yaxşi tuşunadi, şuning uçun Estoniya, Latviya, Litva yoki hatto Moldovaga qarşi keng kölamli hujum amaliy tomondan mutlaqo absurd.
Şuhrat Rasul: Rossiyaning Ukrainadagi muvaffaqiyatsizligi uni kiçik va tez erişiladigan ğalabaga intilişga undaşi tabiiy. Boşlanğiç maqsad Kiyev yoki Lvovni egallaş bölgan, ammo hozirgi holatda Rossiya bu yutuqlarga erişa olmadi; Donbassdagi operatsiyalarni ham tez tugatolmayapti va ekspertlarning bahosiga köra, hozirgi tempda yana yillab davom etadi. Şu sababli Moskva öz pozitsiyasini kuçaytirişi uçun unga kiçikroq bölsa ham ğalaba kerak. Moldova yoki kiçikroq Boltiqböyi davlatlariga nisbatan provokatsiyalarni taşkil qilişi mumkin. Polşaga qarşi keng kölamli hujum imkoniyati kam, ammo kiçik va zaifroq davlatlarga bosim ötkaziş orqali siyosiy şantaj qiliş strategiyasi mantiqqa töğri keladi. Şunday qilib, Rossiyaning strategiyasi katta ğalaba örniga kiçik, tez natija bera oladigan operatsiyalar orqali öz pozitsiyasini mustahkamlaş bölişi mumkin.










