Namangan viloyatida uç nafar fuqaroning yaşirin dorixona omborlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXX xodimlari viloyat bojxona boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda Uyçida yaşovçi 1985, 1992 va 1993 yillarda tuğilgan şaxslar kontrafakt va sifatsiz dori vositalarini noqonuniy savdoga qöyganlikda gumon qilindi.

Ularning Namangan şahri va Uyçidagi beş manzilda saqlanayotgan yaşirin omborlari közdan keçirildi. Natijada Xitoy, Rossiya, Hindiston, Fransiya, Italiya, Turkiya, Vetnam, Isroil, Polşa, Ukraina, Germaniya va boşqa davlatlarda işlab çiqarilgan, hujjatlarsiz 1267 turdagi jami 102 ming 640 quti dori vositalari topildi.

Ularning taxminiy qiymati 7,2 mlrd sömni taşkil qiladi. «Geporin», «Aktovegin», «Xilak forte», «Ursofalk» kabi preparatlardan taşqari, tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar bölgan «Testosteron» va «Retabolil» dorilari ham aniqlandi.

Tekşiruvlarga köra, dorilar Qirğizistondan aylanma yöllar orqali olib kelingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186−3 (Sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş) va 251−1-moddalari (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatiş rejalaştirilgan, tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.