Diplomatik missiya ma’lumotiga köra, Namangan viloyatida tuğilgan fuqaro X.M. Özbekistonga yetib olişi uçun yordam sörab murojaat qilgan.

Ma’lum bölişiça, X.M. 2 sentabr kuni vaqtinça işlaş maqsadida Ozarboyjon hududi orqali Gurjistonga boriş uçun Boku şahriga kelgan. Biroq, Gurjiston çegara xizmati xodimlari unga kirişga ruxsat bermagan va u ortga qaytişga majbur bölgan.

Murojaat örnatilgan tartibda örganilganidan söng unga yordam körsatildi. X.M. uçun Boku – Toşkent yönalişidagi samolyotga aviaçipta sotib olindi va u Özbekistonga kuzatib qöyildi.