Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdi
O‘zbekiston prezidentining va Xitoy Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakillari Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat bo‘yicha fikr almashdi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston ishlari bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv mobaynida mintaqa va dunyoda voqealar rivojining tez sur’atlarda o‘sib borayotganini hisobga olgan holda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro sa’y-harakatlarning holati hamda Afg‘oniston yo‘nalishida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni muhokama qildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi hamda Toshkent va Pekin o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026