14 sentabr, yakşanba kuni Rossiya va unga qöşib olingan hududlarda turli darajadagi – gubernatorlikdan mahalliy hukumatgaça bölgan saylovlarda uç kunlik ovoz beriş yakunlandi.
Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga köra, aksariyat hududlarda amaldagi rahbarlar yoki gubernator vazifasini bajaruvçilar – «Yagona Rossiya» partiyasidan nomzodlar ğalaba qozonmoqda.
Töğridan töğri «mintaqa rahbari saylovlari»ni qöşib olingan Sevastopolda ham Rossiya «rasmiylari» taşkil qildi. U yerda ham amaldagi «mintaqa rahbari» Mixail Razvojayev 80,29 foiz ovoz bilan «ğalaba qozondi», deb yozadi «Interfaks» agentligi.
Umuman olganda, 12-14 sentabr kunlari Rossiyada va unga qöşib olingan hududlarda bölib ötgan turli darajadagi saylovlarda 47 mingga yaqin deputatlik mandatlari va saylanadigan lavozimlar, jumladan, 21 nafar gubernator lavozimi taqsimlanişi kutilmoqda. Ovoz beriş natijalariga köra, 11 ta hududda qonun çiqaruvçi parlamentlarning yangi çaqiriqlari tuzilişi kerak.

















