14 sentabr, yakşanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa ham öz çeklovlarini Vaşington harakatlariga mos ravişda kuçaytiriş şarti bilan Rossiyaga nisbatan AQŞ sanksiyalarini kuçaytirişga tayyorligini ma’lum qildi.

«Yevropa Rossiyadan neft sotib olmoqda. Men ular neft sotib olişini xohlamayman», — deya Oq uy rahbarining sözlarini keltiradi Reuters. «Va... ular kiritayotgan sanksiyalar unçalik qattiq emas. Men sanksiyalar qöllamoqçiman, lekin ular men qilayotgan işimga mos ravişda sanksiyalarni kuçaytirişi kerak böladi».

Bir kun avval Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida maktubini e’lon qildi va unda «NATOning barça davlatlari bunga rozi bölib, xuddi şunday yöl tutişga kirişsa hamda NATOning barça davlatlari Rossiyadan neft sotib olişni töxtatsa, Rossiyaga nisbatan jiddiy sanksiyalar qöllaşga tayyorligi» haqida yozilgan. Amerika prezidenti Şimoliy Atlantika alyansining ba’zi a’zolarining Rossiya neftini sotib olişini «hayratlanarli» deb atadi va bu NATOning muzokaralardagi pozitsiyasi va alyansning Moskvaga ta’sirini zaiflaştirişini qöşimça qildi.