Xitoy Milliy statistika byurosi xabariga köra, avgust oyida sanoat işlab çiqarişi yillik hisobda 5,2 foizga ösgan. Bu raqam ötgan oyga nisbatan yuqoriroq bölsa-da, iqtisodiy faollikning töliq tiklanayotganidan dalolat bermaydi. Çakana savdo hajmi 3,4 foiz ösdi, biroq bu ham analitiklarning prognozlaridan pastroq natija böldi. Yanvar–avgust oylarida asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalar atigi 0,5 foizga oşdi, köçmas mulk investitsiyalari esa keskin — 12,9 foizga kamaygani qayd etildi.

Xitoy iqtisodiyoti sekinlaşuvi oxirgi ikki yildan beri kuzatilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, 2023 yilda pandemiyadan keyingi qisqa muddatli tiklanişdan söng, 2024 yil örtalaridan boşlab içki talabning sustligi va köçmas mulkdagi inqiroz sabab iqtisodiyot asta-sekin pasayiş bosqiçiga ötdi. 2025 yilning birinçi yarmidan boşlab esa bu tendensiya yanada yaqqolroq körina boşladi: işlab çiqariş hajmi sekinlaşdi, iste’molçilar xarajatlari esa deyarli ösişsiz qoldi.

Işsizlik darajasi avgust oyida 5,3 foiz atrofida böldi. Narxlar böyiça ma’lumotlar esa deflyatsiya xavfi hanuz saqlanib qolayotganini körsatmoqda: iste’mol narxlari indeksi yillik hisobda 0,4 foizga pasaygan, işlab çiqariş narxlari indeksi esa 2,9 foizga kamaydi.

Uy-joy bozori ham Xitoy iqtisodiyotining eng zaif nuqtalaridan biri bölib qolmoqda. Reuters’ning yozişiça, avgust oyida yangi uy narxlari oyma-oy 0,3 foizga, yillik hisobda esa 2,5 foizga tuşgan. 70 ta yirik şahar orasida 57 tasida pasayiş kuzatilgan. Tahlilçilarning fikriça, köçmas mulk sohasidagi muammolar mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli ösişdan töxtatib qöyişi mumkin.

Jahon bankining Jahon iqtisodiyoti istiqbollari hisoboti sönggi naşriga köra, savdodagi keskinlik kuçayişi va iqtisodiy siyosatning noaniqligi joriy yilda jahon iqtisodiyot ösiş sur’atlarining, töliq global retsessiya davrlarini hisobga olmaganda, 2008 yildan beri eng past darajagaça sekinlaşişiga olib kelişi mumkin.