Maqolada Özbekiston va Xitoy örtasidagi munosabatlar asrlar davomida şakllangan tarixiy aloqalarga tayanganligi va bugungi kunda bu hamkorlik "Bir makon – bir yöl" taşabbusi doirasida yangi bosqiçga kötarilayotganligi haqida co‘z yuritiladi. Jumladan, 2024 yil 27 dekabrda boşlangan "Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston" temiryöli 2030 yilgaça yakunlanişi rejalaştirilganligi ta’kidlangan.

"Uşbu temiryöl orqali yiliga 15 million tonnagaça yuk taşiş imkoniyati yaratiladi. Bu nafaqat yuk yetkazib beriş vaqtini, balki transport xarajatlarini ham qisqartiradi. Temiryöl qurilişi doirasida 20 ta stansiya, 42 ta köprik va 25 ta tunnel quriladi. Yönaliş Qaşğar, Torugart, Makamal, Jalolobod va Andijon şaharlaridan ötadi", – deb yozilgan maqolada.

Bundan taşqari, naşrda Özbekiston va Xitoyda yangi logistika markazlari – jumladan, Lançjou şahrida yuk yiğiş nuqtasi hamda Lyanyungang port şahridan foydalangan holda logistika xablari taşkil etilişi ma’lum qilingan.

"Loyiha Özbekistonning geoiqtisodiy mavqeini mustahkamlab, mamlakatni mintaqaviy logistika markaziga aylantirişga xizmat qilişi bilan bir qatorda, xalqaro savdo va tranzit imkoniyatlarini kengaytiradi va butun mintaqa rivojiga ulkan hissa qöşadi", – deb yozgan muallif.