Qarorga köra, jamiyat va iqtisodiyot uçun muhim ahamiyatga ega tadbirkorlarga nisbatan jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar huquqiy maqomi joriy qilinadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qiliş böyiça respublika komissiyasi tuziladi.
Faoliyat turi va aktivlari miqdori tufayli yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirga, keng doiradagi manfaatdor tomonlarga ega böliş mezonlariga javob beradigan tadbirkorlar jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar toifasiga kiritiladi.
Belgilangan mezonlarga javob beradigan tadbirkorlar har yili 1 iyulgaça jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar reyestriga kiritiladi.
2026 yil 1 yanvardan reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron şaklda yuritiladi va har yili 1 iyulgaça hukumat portali yagona platformasi hamda oçiq ma’lumotlar portaliga joylaştiriladi.










