Isroil mudofaa kuçlari Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS harakatining sönggi tayançi deb atagan Ğazo şahrini egallaş uçun quruqlikdan hujum boşladi. Bu haqda 16 sentabr, seşanbaga ötar keçasi birinçi bölib Axios internet naşri isroilliklarning ismini oşkor etmagan rasmiylariga tayanib xabar berdi. Jurnalistlarga köra, mahalliy vaqt bilan 15 sentabr, duşanba kuni keçqurun Isroil harbiy-havo kuçlari Ğazo şahriga qarşi yirik havo hujumlarini amalga oşirgan. Köp ötmay, Falastin matbuotiga köra, şaharga Isroil tanklari kirib kelgan. AFP axborot agentligi ham guvohlarga tayanib, Ğazo şahriga yirik hujumlar uyuştirilgani haqida xabar berdi.
16 sentabr kuni ertalab operatsiya boşlangani haqidagi ma’lumotni Isroil mudofaa vaziri Israel Kats tasdiqladi. Unga köra, Isroil armiyasi Ğazo sektoridagi «terrorçilik infratuzilmasi»ga «temir muşt» bilan zarba bermoqda. «Ğazo yonmoqda», deb yozgan Kats X mikroblogida. «TSAHAL askarlari garovga olinganlarni ozod qiliş va HAMASni mağlubiyatga uçratiş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş uçun mardonavor kuraşmoqda. Vazifamiz bajarilmagunça taslim bölmaymiz va ortga çekinmaymiz», — deya ta’kidladi vazir.
13 va 14 sentabr, dam oliş kunlarida Isroil Ğazo şahriga havo hujumlarini kuçaytirdi va TSAHALga köra, HAMAS harbiy maqsadlarda foydalanayotgan önlab köp qavatli binolarga zarba berdi, deb eslatadi mualliflar. Avvalroq TSAHAL falastinliklarni Ğazo şahrini tark etib, janubga «gumanitar hududlar»ga köçib ötişga çaqirgan edi. Öşandan beri, Axios ma’lumotlariga köra, 300 mingga yaqin odam şaharni tark etgan.












