Tadbirda Yaponiyaning 50 dan ortiq yetakçi kompaniyalari va mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida faoliyat yurituvçi köplab kompaniyalar iştirok etdi.
Tadbirda Yaponiyaning uglerod neytralligiga erişiş yölidagi energetika siyosati, Özbekiston bilan "yaşil" texnologiyalar sohasida istiqbolli hamkorlik, "yaşil" iqtisodiyotga ötiş strategiyasini amalga oşiriş hamda 2030 yilgaça "yaşil" va inklyuziv ösişni ta’minlaş böyiça ustuvor vazifalarga oid taqdimotlar ötkazildi.
Yaponiya vakillariga Samarqand viloyatida zamonaviy şahar muhitini yaratiş, şuningdek, Jizzax viloyatida qattiq maişiy çiqindilardan yöl plitalari va pol qoplamalari, qişloq joylarda organik çiqindilardan biogaz işlab çiqariş böyiça startap loyihalari taqdim etildi.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti va Toşkent davlat texnika universiteti yoş olimlari sanoat ehtiyojlari uçun elektrotexnika mahsulotlarini qayta işlaş asosida kumuş nanozarraçalar oliş böyiça startap loyihalari va innovatsion işlanmalarini hamda plastik çiqindilarni qayta işlaş asosida yöl qoplamalarini oliş böyiça innovatsion işlanmalarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida özaro fikr almaşildi va loyihalar muhokama qilindi. Şuningdek, tomonlar yaqin kelajakda Yaponiyaning manfaatdor biznes kompaniyalari va taşkilotlari investitsiyalari iştirokida Özbekistondagi "yaşil" loyihalarni yanada qöllab-quvvatlaş böyiça faol hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.











