Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida Norin tumanidagi «Fişvel Norin» baliqçilik korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, loyiha 3 million dollar hisobiga taşkil etilgan. Ikki gektardan ziyod hududda 76 ta innovatsion havza taşkil etilgan. Hozirgi kunda şundan 40 tasi işga tuşirilgan bölib, superintensiv usulda gulmohi baliği yetiştirilmoqda. Umuman, bu yerda yiliga 2 ming tonna tansiq göşt yetiştirib, 5 million dollarlik eksport qiliş möljallangan.



Prezident mutasaddilarga respublika böyiça gulmohi yetiştiriş mumkin bölgan tumanlarni aniqlab, mazkur tizimni ommalaştiriş böyiça körsatmalar berdi. Niderlandiyalik hamkorlar bilan baliq ozuqasi işlab çiqariş, Norindagi tik quduqlar yonida sun’iy hovuzlar örnatib, aholiga bölib beriş böyiça vazifalar belgilandi.
Davlat rahbari Namangan şahrida davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etilgan «Firdavs» kunduzgi parvariş markazini kördi.


Tadbirkor Sayyora Qosimova tomonidan taşkil etilgan markaz 36 öringa möljallangan bölib, maxsus ta’lim va reabilitatsiya xizmatlari körsatiladi. Bolalar kun davomida 9 soatlik individual öquv-trening dasturlari bilan qamrab olinadi. Maşğulotlarni malakali nevropatolog, defektolog, surdolog, audiolog, pedagog va psixologlar olib boradi.
Prezident yurtimizda heç kim e’tibordan çetda qolmasligi, bunday ijtimoiy loyihalar miqyosi kengaytirilişini ta’kidladi.
Davlat rahbari şu yerdagi «Faol hayotga qadam besh xizmat» mas’uliyati çeklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanişdi. Markaz şu yil tadbirkor Xosiyat Ortiqovaning şaxsiy mablaği hisobidan taşkil etilgan. Bu yerda özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar uçun zamonaviy qulayliklar, tibbiy va reabilitatsiya xizmatlari yölga qöyilgan. Markaz 16 öringa möljallangan.














