Mamlakatda tadbirkorlarga munosib şaroit yaratiş, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qiliş va aholi bandligini ta’minlaş maqsadida joylarda texnopark va kiçik sanoat zonalari taşkil etilmoqda. Namangan viloyatida bugungi kunda 1,5 ming gektar maydonda 73 ta sanoat zonasi bor.

Buning natijalari Yangi Namangan tumanidagi Sohil mahallasida ham yaqqol namoyon. Ilgari tadbirkor va hunarmandlar öz uylarida çeklangan şaroitda işlagan bölsa, endilikda zamonaviy infratuzilmaga ega yaxlit majmuada faoliyat yuritmoqda.

“Ğijduvon tajribasi” asosida 10 gektar maydonda taşkil etilgan uşbu zonada 113 ta loyiha joylaştirilgan. Ularning barqaror işlaşi uçun budjet hisobidan elektr energiyasi, içimlik va oqova suv tarmoqlari, içki yöllar kabi zarur infratuzilma barpo etilgan.

Natijada yiliga 500 milliard sömlik mahsulot işlab çiqariş va xizmat körsatiş quvvati vujudga keldi, 4 ming 800 ta yangi iş örni yaratildi. Yondoş mahallalardan 170 nafar tadbirkor jalb etilgani, 350 dan ziyod xonadonda kooperatsiya asosida mahsulot işlab çiqariş yölga qöyilgani aholining iqtisodiy faolligini yanada oşirmoqda.

Yana bir muhim tomoni, bu yerdagi tayyor uskuna va amaliyotdan foydalanib, işsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta öqitiş imkoniyati bor. Bu işsizlik va kambağallikni kamaytirib, aholining turmuş farovonligini oşirişga xizmat qiladi.

Davlat rahbari avtomobillarga texnik xizmat körsatuvçi servis markazlari işini közdan keçirdi, ustalar bilan suhbatlaşdi.

– Mamlakatimizda yangi-yangi avtomobil zavodlari işga tuşirilyapti. Odamlarning daromadi oşib, maşinalar köpayyapti. Lekin servis böyiça hali imkoniyat köp. Masalan, çet el avtomobillariga xizmat körsatiş yetarli darajada emas. Buni tizimli yölga qöyiş orqali aholi bandligi va xizmat sifatini ta’minlaş mumkin, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu bois, bunday servis markazlarini boşqa tumanlarda ham taşkil etiş, malakali ustalarni tayyorlaş böyiça körsatmalar berildi.