Donald Trampning ma’lum qilişiça, zarba oqibatida uç kişi halok bölgan. AQŞ prezidenti Truth Social tarmoğida barkas yoki katta motorli qayiqqa öxşaş kiçik kema portlaşi aks etgan qisqa videoni e’lon qildi.
«Bugun ertalab mening buyruğim bilan AQŞ qurolli kuçlari öta xavfli narkokartellar va narkoterrorçilarga ikkinçi kinetik zarbani yölladi», – deyiladi videoga izohda.
U «bu öta zöravon narkokartellar Qöşma Ştatlarning milliy xavfsizligi, taşqi siyosati va hayotiy manfaatlariga tahdid solişi»ni qayd etgan.
Tramp kemada giyohvand moddalar bölganiga dalil keltirmagan.
Trampning bu bayonotidan oldin Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Venesuela Amerika agressiyasidan himoyalanişini aytgan va AQŞ davlat kotibi Marko Rubioni «ölim va uruş hukmdori» deb atagandi.
2 sentabr kuni ham Karib dengizining janubiy qismiga jönatilgan Amerika kemalari Venesuela kemasiga zarba bergandi. Zarba oqibatida kemada bölgan 11 kişi öldirilgan.
Marko Rubio duşanba kuni yana bir bor AQŞda uşbu birinçi kema Venesueladan AQŞga giyohvand moddalar olib ketayotgan bölgani haqida 100 foiz işonçli ma’lumotlar borligini aytdi.
«Nima qiliş kerak deyilsa, bu qayiqlarning ba’zilarini portlatişni boşlaş kerak deyman», – dedi Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida. U Nikolas Maduro AQŞ milliy xavfsizligiga töğridan töğri tahdid solişi, çunki u giyohvand moddalar savdosiga aloqador ekanini ta’kidlagan.
AQŞ Adliya vazirligi yozda Nikolas Maduro köp yillar davomida «Quyoş karteli» (Cartel de Los Soles) deb nomlangan narkokartelni boşqarganini ma’lum qilgandi. AQŞ Maduroni qölga olişga yordam beradigan ma’lumot uçun 50 mln dollar va’da qilmoqda.
Rasmiy Karakas bu ayblovni qat’iyan rad etadi.
Nikolas Maduro duşanba kuni AQŞ rahbariyatining sönggi harakatlari va bayonotlari tufayli Venesuela va AQŞ munosabatlari butunlay buzilganini aytib çiqdi.
Yakşanba kuni jurnalist Trampdan AQŞ endi Venesuelaning öziga zarba berişni boşlaş ehtimoli haqida söradi. Tramp şunday javob qaytargan: «Köramiz, nima bölarkin».
AQŞ prezidenti Venesuela AQŞga banditlar, narkodilerlar va giyohvand moddalar yuborayotganini takrorladi va birinçi zarbadan keyin Karib dengizining janubiy qismida harakat ziçligi sezilarli darajada kamayganini aytdi.












