Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondan keltirilgan katta miqdordagi narkotik moddalar aniqlandi
DXX Afg‘onistondan keltirilgan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.
Foto: DXX
Giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd qilinishicha, muqaddam narkokurerlar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Surxondaryo viloyatiga keltirilib, Yozyovon tumanida dalaga yashirib qo‘yilgan 9 kg 896 g gashish moddasini qabul qilib olgan vaqtida marg‘ilonlik ikki shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, voqea joyidan qochishga uringan xususiy tadbirkorning yonida bo‘lgan 14 ming 500 AQSh dollari va 6 mln 250 ming so‘m ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxsning yashash xonadonidan esa 110 g opiy, 2 ta elektron tarozi, 1200 AQSh dollari hamda 28 mln so‘m protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yashovchi, muqaddam narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida istiqomat qiluvchi shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, afg‘onistonlik narkosavdogarlarga katta miqdordagi giyohvandlik vositasini buyurtma bergan.
O‘z navbatida giyohvandlik vositasi Afg‘onistondan Surxondaryo viloyati hududiga keltirilib, To‘rtko‘l tumanidagi xufiya joyda qoldirilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar xufiya joydan 6 kg 149 g opiyni va 9 kg 814 g ko‘knori somonini olgan vaqtida ushlangan.
Hozir mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
19:24 / 20.12.2025
Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
08:59 / 20.12.2025
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025