Özbekiston Markaziy banki 18 sentabrdan boşlab xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQŞ dollari kursi kunlik savdolar yakuniga köra yana 30,8 sömga öz qiymatini yöqotdi.
Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket törtinçi savdo kuni sömga nisbatan pasayib, deyarli 193 sömga (1,38 foiz) — 12 426 sömdan 12 254 sömga arzonlaşdi. Bu – 2023 yilning 6 noyabridan (12 254 söm) beri qayd etilgan eng past körsatkiç.

Yil boşidan buyon milliy valuta AQŞ valutasiga nisbatan 5 foizga mustahkamlandi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilning mos davrida söm 3,1 foizga (12 352 sömdan 12 739 sömga) qadrsizlangan edi.
Kun davomida Amerika valutasini 12 295 sömdan boşlab sotib oliş mumkin böldi.
Ayni paytda söm kursining mustahkamlanişiga pul ötkazmalari oqimining köpayişi, töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning oşişi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlaşişi va oltin narxining qimmatlaşişi fonida eksportning ösişi va savdo taqçilligining qisqarişi kabi omillar ta’sir qilayotgan bölişi mumkin.












