Sifatli ta’lim inson kapitalini rivojlantiriş, uzoq muddatli istiqbolda kambağallikni qisqartirişning asosiy “drayveri” bölib qoladi.
Birgina misol, bolalarning boğça bilan qamrab olingani 27 foizdan 78 foizga oşgani natijasida 1 million ayollar ta’lim oliş, kasb-hunar örganiş va daromad topiş imkoniga ega böldi.
Bu işlar davom ettirilib, kambağal oila farzandlarini maktabgaça ta’lim bilan töliq qamrab oliş uçun barça şaroitlar yaratiladi. Bunday oilalar farzandlari uçun xorijiy til va kasb-hunar örganişga ketadigan xarajatlarning 80 foizi qoplab beriladi va bu orqali 100 ming kambağal oila farzandlari qamrab olinadi.
Har bir kambağal oilada kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bölişi uçun imtiyozli ta’lim krediti va davlat grantlari köpaytiriladi.
Xalqaro standartlar asosida Kasbga tayyorlaş xalqaro markazlari taşkil etilib, ularning bitiruvçilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar beriş yölga qöyiladi.












