Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BMT komissiyasi genotsidni tan oldi, Isroil yana hujum boşladi
Isroil mudofaa kuçlari Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS harakatining sönggi tayançi deb atagan Ğazo şahrini egallaş uçun quruqlikdan hujum boşladi. OAVga köra, duşanba kuni keçqurun Isroil harbiy-havo kuçlari Ğazo şahriga qarşi yirik havo hujumlarini amalga oşirgan. Köp ötmay, şaharga Isroil tanklari kirib kelgan.
Şundan söng, Isroil mudofaa vaziri Israil Kats Ğazo sektoriga «temir muşt» bilan zarba berilayotganini aytib, operatsiya boşlanganini ta’kidladi. «Ğazo yonmoqda», deb yozgan Kats.
TSAHALga köra, sektordagi önlab köp qavatli binolarga zarba bergan. 300 mingga yaqin odam şaharni tark etdi.
Operatsiya boşlangan kunning özida — 16 sentabr kuni va nihoyat BMT maxsus tergov komissiyasi Isroil Ğazoda genotsid sodir etgani va boş vazir Binyamin Netanyahu, isroillik amaldorlar bu harakatlarga turtki bergani haqida xulosaga keldi.
«Ğazoda genotsid sodir bölmoqda. Uşbu vahşiyona jinoyatlar uçun javobgarlik deyarli ikki yil davomida Ğazodagi falastinliklarni yöq qiliş uçun aniq maqsad bilan genotsid kampaniyasini uyuştirgan Isroil rasmiylarining yuqori doiralari zimmasida», dedi Falastin böyiça tergov komissiyasi rahbari Navi Pilley.
Hisobotda Isroil armiyasining qotilliklari kölami, insonparvarlik yordamini bloklab qöyiş, bepuştlikni davolaş klinikasini majburan köçiriş va yöq qiliş misollari keltirilgan. Bu esa boşqa inson huquqlari taşkilotlari xulosalariga mos keladi.
Isroil Taşqi işlar vazirligi uşbu hisobotni rad etib, uni «buzilgan va yolğon» deb atadi. Hattoki, Isroil TIV komissiyaning uç nafar ekspertini «Hamas vakillari» deb ataşgaça bordi.
Komissiyaning 72 sahifali yuridik tahlili BMTning bugungi kundagi eng işonçli xulosasi böldi, ammo bu organ mustaqil bölib, rasman Birlaşgan Millatlar Taşkiloti nomidan işlamaydi. BMT hozirça «genotsid» atamasini qöllamagan, ammo unga buni amalga oşiriş uçun tobora köproq bosim ötkazilmoqda.
Polşa osmonida Typhoon qiruvçilari










