Rossiya Oliy sudyalar kollegiyasi (RSK) Oliy sud raisi lavozimiga yagona nomzod bölgan boş prokuror Igor Krasnovni tavsiya qildi. Bir ovozdan qabul qilingan qarorni RSK raisi Nikolay Timoşin ma’lum qildi.
RBK xabariga köra, Krasnov nomzodini körib çiqiş RSKda beş daqiqa davom etgan. Uçraşuvda Krasnov sudyalarning maqomi ular uçun «jazosizlik illyuziyasini» yaratmasligi kerakligini aytdi. «Şu bilan birga, men aminmanki, sudyalarga xolis bölişlari uçun har qanday tazyiq yöq qilinişi kerak», — deya uning sözlarini keltiradi «Interfaks».
Sudyalik tajribasiga ega bölmagan Krasnov avgust oyining oxirida, sudyalar hay’ati arizalarni qabul qilib bölgaç, Oliy sud rahbari lavozimiga nomzod sifatida körsatilgan edi. Qonunga köra, Oliy sud rahbari lavozimga Rossiya Federatsiyasi prezidentining taklifiga binoan Federatsiya kengaşi tomonidan tayinlanadi, bu sudyalarning Oliy komissiyasi ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oşirilişi mumkin. Şuningdek, qonunda Oliy sud a’zoligiga nomzod etib körsatiliş uçun sudyalar oliy komissiyasida kamida 10 yillik huquqşunoslik stajiga ega böliş va sudyalarning oliy komissiyasida malaka imtihonidan ötiş kerakligi belgilab qöyilgan.












