Polşaning uçuvçisiz uçoqlar bilan kuraşiş guruhlari kelgusida Rossiya Federatsiyasi tomonidan harbiy bosqinçilik harakatlari sodir bölgan taqdirda tajriba orttirişga yordam beriş uçun ukrainalik mutaxassislar tomonidan öqitiladi. «Ukrainaliklar rus dronlariga qarşi kuraşda eng yaxşi jihozlarga ega, ular Rossiya armiyasiga qarşi kuraşda ança çuqurroq va zamonaviyroq tajribaga ega», — dedi Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy. Uning sözlarini Britaniyaning The Guardian gazetasi keltirdi.
Maşğulotlar NATOning Polşadagi öquv markazida bölib ötadi, u yer Ukrainadan köra «xavfsizroq», dedi Sikorskiy. «Ğarbdagi jamoatçilik va hukumatlar zudlik bilan tuşunişi kerakki, aynan ukrainaliklar bizni Rossiyaga qarşilik körsatişga örgatadi, aksinça emas», — deya qöşimça qildi Polşa TIV rahbari.
Şu kuni avvalroq Sikorskiy Germaniyaning Frankfurter Allgemeinen Zeitung gazetasiga bergan intervyusida Polşa va NATO ittifoqçilari Ukraina hududi ustidagi havo nişonlarini tutib oliş masalasini körib çiqişi kerakligini aytib, xuddi şu fikr bir yil avval muhokama qilinganini eslatib ötdi. «Texnik jihatdan biz NATO va Yevropa Ittifoqi sifatida buni amalga oşirişga qodir bölardik, ammo bu Polşaning yolğiz özi qabul qilişi mumkin bölgan qaror emas, balki faqat ittifoqçilari bilan birgalikda», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi RAR axborot agentligi.











