Toşkent şahrida yil boşidan beri 6 mingdan ortiq yölovçi avtobusda yöl haqini tölamagani uçun jazolandi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd qilinişiça, Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toşkent şahar jamoat transportini monitoring va nazorat qiliş davlat muassasasi tomonidan poytaxt avtobuslarida yöl haqini tölamasdan harakatlanayotgan yölovçilarga nisbatan kuçaytirilgan reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Xabarga köra, joriy yilning ötgan davrida 6182 nafar qoidabuzarga nisbatan ma’muriy çora körilgan.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi 5-bandiga asosan, yölovçining şahar içida va şahar atrofiga qatnaydigan avtobusda çiptasiz yurişi bazaviy hisoblaş miqdorining öndan bir qismi (41 ming 200 söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.











