Yevrokomissiya (YeK) Rossiyadan neft va gaz importini rad etişni tezlaştirişni taklif qiladi, bu haqda 16 sentabr, seşanba kuni YeK raisi Ursula fon der Lyayyen AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan suhbatdan söng ma’lum qildi.

«Rossiyaning qazib olinadigan yonilği bilan ta’minlangan uruş iqtisodiyoti Ukrainadagi qon tökilişini moliyalaştirmoqda. Bunga çek qöyiş uçun Yevrokomissiya Rossiyadan qazib olinadigan yonilği importini bosqiçma-bosqiç töxtatişni tezlaştirişni taklif qiladi», deb yozadi fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmoğida.

Tramp bilan telefon suhbati mavzusi, YeK rahbarining sözlariga köra, Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuçaytiriş böyiça keyingi qadamlar böldi. Fon der Lyayyen, şuningdek, Yevropa komissiyasi yaqinda Rossiyaga qarşi «kriptovalutalar, banklar va energiya»ga qaratilgan 19-sanksiya paketini taqdim etişini aytdi.

Oldin işlab çiqilgan YeI rejasida Yevropa Ittifoqi a’zolari 2028 yil 1 yanvarga qadar Rossiya energiya resurslaridan butunlay voz keçişi nazarda tutilgan edi.