Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Şveytsariyaning Jyeneva şahrida Jahon savdo taşkiloti boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan uçraşdi.
Muloqot davomida Özbekistonda amalga oşirilayotgan tub özgarişlar, JSTga a’zo böliş yölidagi yangi ehtimoliy qiyinçiliklar hamda işonç va hamkorlikning muhim ahamiyati haqida oçiq fikr almaşildi.

«Ngozi xonimga liderlik va doimiy qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik bildirdim. Bu jahon savdosi uçun muhim davr bölib, Özbekiston islohotlar doirasida öz majburiyatlarini qat’iyat bilan bajarişda davom etadi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Şuningdek, Prezident administratsiyasi rahbari Jyenevada Özbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bağişlab taşkil etilgan qabul marosimida nutq sözladi.


Qabulda kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot, madaniyat haqida, şuningdek, çegaralardan qat’i nazar, barçamiz uçun muhim bölgan qadriyatlar xususida fikr almaşildi.
«Bir yangilik bilan örtoqlaşişdan ayniqsa juda mamnunman: tez orada Jyenevadagi BMT binosida «Özbekiston xonasi» oçiladi. Bu — madaniyatimizning mö’jazgina bir bölagi köp millatli hamjamiyatga namoyiş etiladigan maskan böladi. Uşbu maskan har qanday qiyinçilik va ziddiyatlarga qaramay, bizning dunyoga oçiqligimiz ramziga aylanadi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.













