Toşkent şahrining Olmazor tumanida 24 yoşli ayol ikki öğli va özini köp qavatli uydan pastga taşladi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uzʼga ma’lum qildi.

Holat 17 sentabr kuni soat 14:18 atrofida sodir bölgan. 2001 yilda tuğilgan ayol turmuş örtoği bilan raşk tufayli kelib çiqqan kelişmovçilik oqibatida jahl qilib, 1 va 3 yoşli öğillarini özlari yaşab turgan uyning 4-qavati yölak derazasidan pastga taşlab yuborgan. Söngra 8-qavat yölak derazasidan özini ham pastga taşlagan. 

Hodisa oqibatida ayol şifoxonada vafot etgan, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning hayoti saqlab qolingan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.