AQŞ prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasini «radikal söl Demokratik partiyaning virtual karnayi» bölib xizmat qilganlikda ayblab, tuhmat uçun 15 milliard dollar miqdorida da’vo qözğatayotganini e’lon qildi. Oq uy rahbari tegişli xabarni Truth Social ijtimoiy tarmoğida e’lon qildi.

«Times gazetasi önlab yillar davomida sizning sevimli prezidentingiz, mening oilam, mening biznesim, "Amerika baridan ustun" harakati, MAGA va mamlakatimiz haqida yolğon gapiriş (tarqatiş) amaliyotiga ega», — dedi Tramp. U, şuningdek, gazeta tahririyatini prezidentlik saylovoldi kampaniyasi davomida demokrat nomzod Kamala Harrisni qöllab-quvvatlagani uçun tanqid qilib, buni «tarixdagi eng yirik noqonuniy saylov kampaniyasi hissasi» deb atadi.

«The New York Times'ga uzoq vaqtdan beri yolğon gapiriş, tuhmat qilişga ruxsat berildi va bu endi töxtaydi», dedi Amerika rahbari va Florida ştatida sudga da’vo arizasi berayotganini qöşimça qildi.

U avvalroq Tramp imzolagan va moliyaçi Jyeffri Epşteynga 20 yildan köproq vaqt oldin yuborilgan tabriknomani naşr etgani uçun sudga beriş bilan tahdid qilgan edi.