Qöşma Ştatlar Ğazo sektorida «zudlik bilan, sözsiz va doimiy» öt oçişni töxtatişni, şuningdek, Isroilning Falastin hududiga gumanitar yordam yetkazilişiga qöygan barça çeklovlarini olib taşlaşni talab qiladigan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi loyihasiga veto qöydi. Bu haqda Reuters agentligi 18 sentabr, payşanba kuni xabar berib, Vaşington bunday hujjatga oltinçi marta veto qöyganini qöşimça qildi.

«Qöşma Ştatlar uşbu qabul qilib bölmaydigan rezolyutsiyani rad etadi. HAMAS uçun barça garovga olinganlarni istisnosiz zudlik bilan ozod qiliş va sözsiz taslim böliş vaqti keldi. Qöşma Ştatlar bu dahşatli mojaroga barham beriş uçun öz hamkorlari bilan işlaşda davom etadi», — dedi AQŞning BMTdagi doimiy vakili Morgan Ortagus Donald Tramp ma’muriyati qarorini oqlab.

Rezolyutsiya loyihasi BMT Xavfsizlik kengaşining 15 a’zosidan öntasi tomonidan tayyorlangan. Qolgan 14 mamlakat, AQŞdan farqli ölaroq, Isroilning HAMAS bilan deyarli ikki yillik uruşidan söng BMTning Ğazo sektorida oçarçilik haqida rasmiy e’loniga javoban avgust oyida hujjatni qöllab-quvvatladi. Avvalroq, 2024 yil fevralida ötkazilgan uçinçi ovoz berişda BMT oliy organining faqat bitta doimiy a’zosi – Buyuk Britaniya betaraf qolgan edi.