AQŞ hukumati Javelin tankka qarşi raketalarini Polşaga 780 million dollarga (662 million yevro) sotişni ma’qulladi. 18 sentabr, payşanba kuni keçqurun Pentagonning harbiy hamkorlik va xorijiy qurol savdosi uçun mas’ul bölgan Mudofaa xavfsizligi böyiça hamkorlik agentligi (DSCA) bu harakat «Yevropadagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik uçun harakatlantiruvçi kuç bölgan NATO ittifoqçisi xavfsizligini mustahkamlaş orqali Qöşma Ştatlarning taşqi siyosati va milliy xavfsizligini rivojlantiradi» deb e’lon qildi.
AQŞ Davlat departamenti allaqaçon tegişli hajmda Javelin'ni sotişni ma’qullagan, DSCA esa AQŞ Kongressini xabardor qilgan, uning qarori orqali bitim yakuniy tarzda tasdiqlanadi, deb xabar beradi AFP.
Uç yarim yildan ortiq vaqtdan beri Ukrainaga qarşi agressiv uruş olib borayotgan Rossiya tahdididan xavotirlanib, Polşa qurolli kuçlarini modernizatsiya qildi va birinçi navbatda AQŞ va Janubiy Koreya bilan qurol yetkazib beriş böyiça qator şartnomalar imzoladi.











