Holandda yana bir rekord, «Barsa» ğalaba bilan boşladi. Kun öyinlari
|14:40 / 19.09.202513 13912 min
«Galatasaroy» 5 ta, «Qayrat» 4 ta gol ötkazdi, Husanov ğalabali öyinda töliq öynadi. Çorşanba oqşomida YeÇLning birinçi turi doirasidagi asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
YeÇLning 1-turida Mançesterga Italiyaning eng britança jamoasi taşrif buyurdi. De Bryuyneni alohida taniştiriş şart emas, Kevin – «Siti» afsonalaridan biri. Şuningdek, «Napoli» safida «MYu»ning sobiq futbolçilari Maktominay va Hoylund öynaydi. Ularning uçalasi ham boşlanğiç tarkibdan örin olişdi.
Lekin Kevinning «Mançester Siti»ga qarşi ilk uçraşuvi özi istaganidek keçmadi. «Napoli» 21-daqiqadayoq bir kişi kam bölib qoldi – jamoa sardori Jovanni Di Lorenso qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. Bu esa Antonio Konteni de Bryuyneni maydondan olib, uning örniga himoyaçi Matias Oliverani tuşirişga majbur qildi.
Şundan keyin «Napoli» çuqur himoyaga yotdi, «Siti» mehmonlar jarima maydonini qamal qildi. Italyanlar 56-daqiqagaça çidab turişdi, keyin esa Erling Holand özini körsatdi. Norvegiyalik hujumçi boşda yöllagan zarbasi bilan töpni darvozabon ustidan oşirib taşladi – bu uşbu forvardning Çempionlar ligasida 49 uçraşuvdagi 50-goli böldi. Turnir tarixida heç kim 50 gollik dovonga bu qadar tez yetib kelmagan. Taqqoslaş uçun, «Arsenal» afsonasi Tiyerri Anri YeÇLda 50-golini 112 öyinda urgan.
Töqqiz daqiqa ötib Jyeremi Doku «Napoli» himoyaçilarining boşini aylantirib taşladi va jamoasining hisobdagi ustunligini oşirdi. Şundan keyin hafta oxirida APL doirasida «Arsenal»ga qarşi öynaydigan «Siti» tejamkor rejimga ötdi va natijani saqlab qoldi.
Şu kuni Abduqodir Husanov yana öng qanot himoyasida tuşdi va murabbiy işonçini oqladi.
Uning «Napoli»ga qarşi öyindagi statistikasi:
✅ 93 marta töpga tegiş
✅ 78/79 uzatma (99 foiz aniqlik)
Angliyadagi öyinning birinçi bölimi golsiz yakunlandi, tanaffusdan keyin esa öyin ança quvnoq keçdi. Markus Reşford vatanidagi öyinda özini körsatib, töqqiz daqiqa içida ikki gol urdi. Ayniqsa ikkinçi gol çiroyli çiqdi — olis masofadan yöllangan töp çiroyli trayektoriya böyiça harakatlanib, darvoza töriga borib tuşdi. Qayd etiş kerakki, bu Reşfordning joriy mavsumdagi ilk gollari böldi. U Ispaniya çempionatidagi tört öyinda bitta ham gol urmagandi.
Kataloniyaliklar xotirjamlik bilan ikki töp farqini saqlab qoliş uçun öynay boşladi, ammo «Nyukasl» 90-daqiqada intrigani qaytardi. Entoni Gordon hisobdagi farqni qisqartirdi va «Barselona» muxlislari sönggi daqiqalarni hayajon bilan kuzatişga majbur bölişdi, ammo yakunda hisob özgarmay qoldi.
«Galatasaroy» Frankfurtdagi öyinni sof markaziy hujumçisiz boşladi. Osimxen jarohatlangan, ötgan mavsumda xoçsimon boğlamlarini sindirib olgan Ikardi esa olti oylik tanaffusdan keyin endigina individual maşğulotlarga qaytgan. Lekin «şerlar» bunga könikib qolgan. Bu mavsumda vinger Bariş Yilmaz hujum markazida tuşmoqda. Bu safargi öyinda esa jamoa boş murabbiyi Okan Buruk bu pozitsiyani Yunus Oqkunga işondi va xato qilmadi. Öyinning 8-daqiqasidayoq aynan u Sanedan pas qabul qilib oldi va bir harakat bilan himoyaçini yöldan olib, töpni çiroyli zarba bilan olis burçakka yönaltirdi.
Ssenariy «Galatasaroy» uçun ideal tarzda davom etişi mumkin edi, ammo Bariş darvozagaa bir neça metr masofada turib, töpni yuqoriga tepib yuborib, barçasini yöqqa çiqardi. Uning Turkiya milliy jamoasidagi şerigi Jan Uzun esa vaziyatni qadrlaş kerakligi böyiça unga saboq berdi. Sançesning avtogoli ortidan u qanotdan uzatmani bir harakat bilan öziga böysundirib, ikkinçi harakatda «töqqizlik»ni aniq nişonga oliş orqali «burgutlar»ni hisobda oldinga olib çiqdi. Bir daqiqa ötmasdan mehmonlar standart vaziyatda uçinçi golni ötkazib yuborişdi. Tanaffusdan keyin esa mezbonlar raqibni uzil-kesil taslim etişdi – 5:1. Jonatan Burkardt ajoyib öyin ötkazdi – ikki gol va golli pas. «Ayntraxt» oxirgi bor 1960 yilda yevrokubok öyinida beş gol urgandi – «Seltik» darvozasiga. «Galatasaroy»ning bir yillik tanaffusdan keyin YeÇLga qaytişi esa juda ayançli boşlandi.
Erik ten Hagni işdan böşatgaç, «Bayyer» Daniya milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi Kasper Yulmannga işonç bildirdi. Lekin 53 yoşli mutaxassisning Germaniyaga oldingi kelişi muvaffaqiyatli çiqmagandi. 2014/15 yillar mavsumi oldidan u «Mayns» boşqaruvini qölga olgan, ammo bu lavozimda faqat yarim yil işlab, qoniqarsiz natijalar tufayli qişda iste’foga çiqarilgandi. Bu safar nima bilan yakunlanişini taxmin qiliş qiyin, ammo Yulmanning Leverkuzendagi debyuti yorqin keçdi — mavsumni qatorasiga ikki işonçli ğalaba bilan boşlagan «Ayntraxt» mağlub etildi (3:1), holbuki öyin davomida «aspirinçilar»ning ikki futbolçisi maydondan çetlatilgandi.
«Bayyer» YeÇL öyinida ham xarakter körsatib, ikki bor hisobni tenglaştirdi. «Kopenhagen» tezkor gol urib, öyin oxirlariga qadar hisobdagi ustunlikni saqlab turandi. Ammo mehmonlar yetakçisi, Alonsoning çempionlik tarkibidan qolgan Grimaldo yana bir bor jarima zarbasini aniq ijro etib, hisobni tenglaştirdi. Daniyaliklar yana bir bor hisobda oldinga çiqib olganida esa Eçeverri uyuştirgan hujum Hatsidiakos öz jamoasi darvozasini işğol etib qöyişi bilan yakunlandi.
1-turda MDHning turnirdagi ikki vakilidan biri «Qoraboğ» Portugaliyada sensatsiya qayd etib, «Benfika»ga qarşi öyinda 0:2 hisobini 3:2 ga aylantira olgandi. «Qayrat» esa faqat bir bölim çidab berdi. Qozoğiston jamoasi öyinni uçinçi darvozabon bilan boşladi — 18 yoşli Şerxon Xolmirza şunday darajadagi öyinda darvozani qöriqlaşiga töğri keldi. Va uşbu yigitça birinçi bölimda juda yaxşi harakat qildi. 21-daqiqada u Morten Yulmanning 11 metrdan yöllagan zarbasini oyoqlari bilan qaytarib qoldi va YeÇLda Mile Svilardan keyin penalti qaytargan eng yoş ikkinçi darvozabonga aylandi.
Ammo «Qayrat» tanaffus arafasida baribir gol ötkazib yubordi. Ikkinçi bölim esa yanada oğirroq keçdi. Fransisku Trinkan dublni rasmiylaştirdi, Jyeovani Kenda ham «gol+pas» böyiça 2 (1+1) oçko töpladi. Öyin taqdiri hal qilib bölinganida Edmilson «Qayrat»ning Çempionlar ligasi asosiy bosqiçidagi ilk goli muallifiga aylandi. Uning goli 86-daqiqada urildi, bu vaqtga kelib qozoğistonliklar tört töp farqi bilan ortda borayotgandi.
Avvaliga barçasi monegaskliklar uçun juda yaxşi boşlangandi — mehmonlar 10-daqiqadayoq penalti tepiş huquqiga ega böldi. Ammo Magnes Akliuş «nuqta»dan 37 yoşli Simon Minoleni alday olmadi. Belgiyalik posbon esa 9 daqiqa ötib maydonni tark etdi — navbatdagi jarohat.
Keyin esa öyin borişi butkul özgarib ketdi — «Bryugge» 11 daqiqa içida uçta gol urdi. 33 yoşli Hans Vanaken avvaliga Nikolo Trezoldiga assistentlik qildi, keyin esa özi raqiblarni ranjitdi. «Monako» bunday zarbadan öziga kela olmadi, ikkinçi bölimda esa yana bir gol ötkazib yubordi. Faqat öyinga qöşib berilgan daqiqalar boşlanganida Ansu Fati öz nomini tabloga yozdirib, hisobni biroz qisqartirdi. «Bryugge» ötgan mavsumda kutilmaganda 1/8 finalgaça borgandi. Ularning bu safargi yurişini kuzatiş ham qiziq böladi.