Forum doirasida imzolangan kelishuvlar qatorida A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 581-673 km qismini rekonstruksiya qilish, “Bir qishloq — bir mahsulot” loyihasini boshlash, maktablarda suv, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va O‘zbekistonda “ESKO” bozorini rivojlantirish kabilar bor.
2025 yilning 17-18 sentabr kunlari Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish III xalqaro forumi o‘z ishini yakunladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, forum doirasida qiymati 495 mln dollarlik 10 dan ortiq kelishuv va memorandumlar imzolandi.
Forum doirasida 12 ta panel sessiyalar tashkil etildi. Ularda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish borasida yig‘ilgan tajribalar yuzasidan fikr almashildi hamda aholi farovonligini yanada oshirish, inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan istiqboldagi rejalar va yangi tashabbuslarga e’tibor qaratildi.
“O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kambag‘allik taqdir emas, uni dadil rahbarlik, intizomli ijro va innovatsion hamkorlik bilan yengish mumkin. Islom taraqqiyot banki nomidan O‘zbekiston va barcha a’zo davlatlarimiz bilan birga bu yo‘ldan borishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlayman”, - deya ta’kidladi Islom taraqqiyot banki guruhi raisi Muhammad Al-Jasser

Qanday kelishuvlarga erishildi?
Forum doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xalqaro hamkorlar tomonidan quyidagi muhim bitimlar tasdiqlandi:
- “A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 581-673 km (92 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha bitim;
- O‘zbekistonda “Bir qishloq — bir mahsulot” loyihasining dastlabki bosqichini boshlash yuzasidan bayonnoma;








