Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida «Yangi O‘zbekiston» universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi.

2026-2027 o‘quv yilidan boshlab:

➖ mazkur maktablarga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda o‘quvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;
➖ birinchi o‘quv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;
➖ o‘quv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka e’tibor qaratiladi;
➖ muhandislik maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi;
➖ muhandislik maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab:

➖ har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida prezident sovrini uchun «Ilg‘or muhandislik maktabi» milliy tanlovi o‘tkaziladi;
➖ tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari uchun xorijiy davlatlarga ta’lim sayohati tashkil etiladi;
➖ tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini o‘z ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.