Suhbat avvalida Nagib Saviris Özbekistonda mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlarni qöllab quvvatlaş böyiça olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Muloqot çoğida misrlik investor tomonidan Özbekistonda amalga oşirayotgan loyihalar haqida fikr almaşildi. Misrlik tadbirkorning aytişiça, hozirda unga tegişli Nile Sugar kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetiştiriş va şakar işlab çiqariş majmuasini barpo etiş hamda In2Metals kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida olib borilayotgan geologik işlar amalga oşirilmoqda.
Tomonlar Orascom Investment Holdinğning Özbekistondagi loyihalarini jadallaştiriş va yangi investitsiyaviy dasturlarni birgalikda örganişga kelişib oldi.
Nagib Saviris – misrlik yirik tadbirkor va Yaqin Şarqdagi telekommunikatsiya hamda investitsiya sohalarining eng nufuzli şaxslaridan biridir. U Orascom konglomeratiga egalik qiluvçi nufuzli Savirislar oilasining yetakçi a’zosi sanaladi. Uning Orascom Telecom Holding kompaniyasi 2021 yilgaça Euronews telekanalining asosiy uluşiga egalik qilgan. Nagib Saviris toğ-kon sanoati, OAV va turizm sohalariga ham sarmoya kiritişi bilan tanilgan. Biznesdan taşqari, u xayriya faoliyati bilan faol şuğullanadi.












