Moldovaning FlyOne aviakompaniyasi yangi parvozlar jadvalini e’lon qildi. Unda 5 ta yangi yönaliş borligi qayd etilgan: Malaga (Ispaniya), Jyeneva (Şveytsariya), Toşkent (Özbekiston), Bodrum (Turkiya) va Iraklion (Gretsiya, Krit).
Kişinyov – Toşkent – Kişinyov yönalişi 2026 yil yozida oçilişi reja qilingan. Parvozlar Kişinyov aeroportidan 11 ta sönggi avlod havo kemalaridan iborat zamonaviy flotda amalga oşiriladi.
FlyOne 2016 yilda taşkil etilgan va Moldovaning eng yirik aviakompaniyasiga aylangan. 2022 yilda kompaniya Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasiga (IATA) a’zo böldi.
Bugungi kunda FlyOne Moldovadagi eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniya bölib, doimiy ravişda kengayib borayotgan yönalişlar tarmoği va yangilangan flotga ega. 41 ta doimiy va charter yönalişlari orasida FlyOne Kişinyovni maşhur şaharlar bilan boğlaydi: Neapol, Ştutgart, Turin, Palma-de-Mayorka, Lion, Bremen, Kopengagen, Alikante, Mançester, Praga, Dubay, Bolonya, Rim, Milan, Berlin, Tbilisi, Myunxen, Larnaka, Frankfurt, Tel-Aviv, Luton, Stansted, Parma, Verona, Dublin, Lissabon, Parij, Istanbul, Yerevan, Bryussel, Dyusseldorf, Nitssa, Amsterdam, Barselona, Tirana, Tunis, Antalya, Iraklion, Şarm-aş-Şayx, Tivat va Xurgada.











