Unda Oxford Economics'ning "Şahar xizmatlari" bölinmasi yetakçi iqtisodçisi Entoni Bernard-Sasges, boş iqtisodçisi Jorj Bouen hamda iqtisodçi Daniel Nandvani qatnaşdi. Özbekiston tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Toşkent şahar hokimiyatining mas’ul mutaxassislari qatnaşdi.
Oxford Economics vakillari Özbekiston tomonini işlab çiqiladigan Global Cities Index hamda uning metodologiyasi bilan taniştirdi.
Tomonlar mazkur reytingda Toşkent şahrining örnini yaxşilaş istiqbollari xususida fikr almaşdi.
Uçraşuv yakunida mazkur yönalişdagi muloqotni davom ettirişga kelişib olindi
Oxford Economics 1981 yilda Oksford universitetining biznes kolleji bilan hamkorlikda tijorat taşkiloti sifatida taşkil etilgan. Hozirda 20 dan ortiq ofislarda faoliyat yuritadigan 350 dan ziyod iqtisodçi va tahlilçilarni öz içiga olgan dunyodagi yetakçi mustaqil iqtisodiy maslahat firmasi hisoblanadi. 200 dan ortiq mamlakat, 150 dan ziyod sanoat tarmoği va 8000 ga yaqin şahar hamda mintaqani qamrab olgan holda Oxford Economics öz mijozlariga strategik biznes qarorlar qabul qilişda kömaklaşadi.











