Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, Yevropa hozirda Rossiya bilan uruşga tayyor emas. U bunga dalil sifatida yaqinda Rossiya dronlarining Polşa havo hududiga bostirib kirganini keltirdi. “Agar katta hujum sodir bölsa, ular (polyaklar) öz aholisini himoya qila olmaydi”, dedi Zelenskiy Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Ukraina rahbari Polşadagi hodisani Ukraina kuçlari Rossiya tomonidan uçirilgan 800 ta havo obektidan 700 dan ortiğini qaytargan Rossiyaning sönggi eng yirik hujumi bilan qiyosladi. Zelenskiyning sözlariga köra, aksinça, Polşa öz havo böşliğiga kirgan 19 ta drondan faqat törttasini urib tuşirişga muvaffaq bölgan va polyaklar hattoki qanotli yoki ballistik raketalarni qaytarişga majbur bölmagan.

Zelenskiyning ta’kidlaşiça, bu Varşavaga yuborilgan xabar emas: "Ular uruş holatida emas, şuning uçun bunday narsalarga tayyor emasligi aniq". Şu bilan birga, Ukraina rahbarining sözlariga köra, Ukraina özining jangovar tajribasi bilan polyaklar va umuman yevropaliklarga mudofaa texnologiyalarini rivojlantiriş va askarlarni tayyorlaşda yordam bera oladi. Biroq, bu işlanmalarni amalga oşiriş uçun Kiyevga pul kerak, dedi Ukraina prezidenti.