19 sentabr, juma kuni Florida sudi AQŞ prezidenti Donald Trampning The New York Times gazetasiga qarşi köp milliard dollarlik da’vosini vaqtinçalik rad etdi. Sudya Stiven Merridey buni 85 sahifalik şikoyat juda uzun va protsessual talablarga javob bermasligi bilan izohladi.
Merridey da’vo arizasi «aniq, töğridan töğri va çeklangan» bölişi kerakligini ta’kidladi va kelajakdagi hujjatni 40 sahifa bilan çekladi. Uning sözlariga köra, «şikoyat piar uçun megafon, iştiyoqli nutqlar uçun tribuna yoki Hayd-parkdagi notiqlar burçagiga teng keladigan narsa emas».
Şu hafta boşida Oq uy rahbari The New York Times va uning bir qança jurnalistlariga tuhmat yuzasidan da’vo arizasi berganini e’lon qildi. Uning ta’kidlaşiça, naşr «qasddan va ğarazli tarzda» uni 2024 yilgi saylovlar oldidan obrösizlantirişga uringan. Prezident yetkazilgan zararni 15 milliard dollarga baholadi.











