Safar doirasida Iordaniya qişloq xöjaligi vaziri Abdulhalim Saeb bilan uçraşuv ötkazildi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat örtasidagi agrar sohadagi hamkorlikning yangi yönalişlari muhokama qilinib, qator kelişuvlarga erişildi.

Muhokamalarda tomonlar şörga va suv tanqisligiga çidamli pomidor, buğdoy va arpa navlarini Özbekistonda mahalliylaştiriş böyiça hamkorlik qilişga kelişib oldi. Bu borada Özbekistondagi sinov dalalarida tajribalar ötkazilib, olingan natijalardan kelib çiqib yangi agrotexnologiyalarni tatbiq etiş közda tutilmoqda.

Uçraşuvda çorvaçilikni rivojlantiriş, xususan, «Avassi» zotli qöylarni mamlakatda mahalliylaştiriş masalasi ham muhokama qilindi. Iordaniya tomoni Özbekistonga dastlab tört boş qöy hadya tariqasida taqdim etişini, şuningdek, muzlatilgan uruğ materiallarini ham yuborişini ma’lum qildi.

Bundan taşqari, ikki davlat örtasida qişloq xöjaligi ekinlarining genetik resurslarini almaşiş va genetik banklar hamkorligini yölga qöyiş borasida kelişuvga erişildi. Şu örinda Özbekistonning ösimliklar genetik resurslari böyiça xalqaro şartnomaga qöşiliş masalasi ham kötarildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş zarurligini ta’kidlab, Made in Uzbekistan brendi ostida qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasini taşkil etişga kelişib oldi. Mazkur tadbir Iordaniyaning yirik importyor kompaniyalari, tadbirkorlari va investorlarini jalb etib, özaro savdo hajmini oşirişga xizmat qiladi.