Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi «strategik şeriklik» teng emas: Pxenyan Moskva bilan harbiy hamkorlikdan sezilarli darajada kamroq foyda köradi. Germaniyaning Fridrix Nauman jamğarmasi tadqiqotida şunday xulosaga kelingan, deb xabar beradi dpa axborot agentligi.

«Şimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdordagi qurol-yaroğ, öq-dorilar va xodimlarni yetkazib bergan bölsa-da, Moskvaning özaro yordami nisbatan çeklangan bölib, Şimoliy Koreya iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir körsatmagan», — deyiladi «Teng bölmagan şeriklik» nomli tadqiqotda.

2023 yildan beri Şimoliy Koreya Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga kamida 5,6 milliard dollarlik qurol-yaroğ, şuningdek, taxminan 15 ming askar yubordi. Buning evaziga Şimoliy Koreya asosan oziq-ovqat va havo hujumidan mudofaa tizimlari oldi. Janubiy Koreyaning Xankuk xorijiy tillar universiteti xodimi Yelena Guseynova boşçiligidagi ekspertlarning fikriça, Şimoliy Koreyaga katta miqdordagi xorijiy valuta kelib tuşmagan.