Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yangi elchisi Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning yangi tayinlangan elchisi Aleksey Yerxovni qabul qildi.
"Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksey Yerxov janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Ikki tomonlama kun tartibimizni ilgari surish va barcha sohalarda hamkorligimizni kengaytirishda yaqindan hamkorlikka intilamiz. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz".
Rossiyaning Toshkentdagi yangi elchisi 64 yoshda. Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan, 1983 yildan buyon diplomatik xizmatda, jumladan Marokash, Misr, Isroil, Turkiyada, Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida ishlagan. 2017 yildan 2025 yilgacha Rossiyaning Turkiyadagi elchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Arab, ingliz va fransuz tillarini biladi. U favqulodda va muxtor elchi diplomatik unvoniga ega.
Aleksey Yerxov 2021 yildan 2025 yilgacha Toshkentdagi elchixonani boshqargan Oleg Malginov o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026