AQŞ prezidenti Donald Tramp 31 oktyabrdan 1 noyabrgaça Janubiy Koreyada bölib ötadigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida XXR raisi Si Jinping bilan uçraşişini ma’lum qildi. Oq uy rahbari 19 sentabr, juma kuni Si Jinping bilan suhbatdan söng Truth Social ijtimoiy media platformasida tegişli xabarni joylaştirdi.
«Biz köplab juda muhim masalalarda, jumladan, savdo, fentanil, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş zarurati hamda TikTok bitimini ma’qullaş böyiça muvaffaqiyatga erişdik», — deb yozgan Tramp.
U, şuningdek, Si bilan 2026 yil boşida Xitoyga taşrif buyurişga kelişib olganini aytdi. Si, öz navbatida, AQŞga keladi, dedi Tramp. Sanalar keyinroq aniqlaştiriladi. «TikTok kelişuvi ma’qullangani uçun minnatdormiz va ikkalamiz ham sizni APEC sammitida körişni orziqib kutyapmiz!» - deya qöşimça qildi Amerika rahbari.











