Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Adiz Boboyev Xitoyning “Yaxing Guoji Maoyi” mas’uliyati çeklangan jamiyati mas’ullari bilan uçraşuv ötkazdi. Investorlar Oqdaryo tumanida amalga oşirilişi közda tutilayotgan 28 mln AQŞ dollari qiymatidagi loyihani taqdim etdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya alkogolsiz içimliklar, kir yuviş kukuni, 2, 3 va 4 ğildirakli zamonaviy elektr samokatlar, şuningdek, quyoş panelida işlaydigan köça çiroqlarini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.

Birinçi bosqiçda 16,5 mln dollar özlaştirilib, korxona 2026 yil fevral oyida işga tuşişi közda tutilmoqda. Biroq işlab çiqarişni muvaffaqiyatli yölga qöyiş uçun Oqdaryo tumanidagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi filiali joylaşgan Dahbed massiviga olib boruvçi avtomobil yölini quriş zarur.

Investorlar aynan şu masalada viloyat rahbariga murojaat qilgan.

“Adiz Boboyev avtomobil yöllari boşqarmasi mutasaddilariga masalani tezkor hal etişni topşirdi va xitoylik tadbirkorlarga barça masalalarda qonun doirasida yordam körsatilişini ta’kidladi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lum qilinişiça, işlab çiqariş yölga qöyilişi bilan hududda 40 ta yangi iş örni yaratiladi, bu esa tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qöşadi.

Avvalroq Özbekistonda taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib beriş, elektr samokatlar xizmati kabi yönalişlarni öz içiga olgan platforma – Bolt işga tuşirilişi ma’lum qilingandi.