Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida iştirok etiş uçun Nyu-York şahriga bordi.
Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQŞ prezidentining global şerikliklar böyiça maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika - Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Özbekiston prezidenti BMT Boş Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq sözlaydi, şuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakçilari, xalqaro taşkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar ötkazadi.



AQŞning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida uçraşuvlar va yetakçi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida iştirok etiş ham rejalaştirilgan.











