Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Muqimiy köçasidagi yöl ötkazgiç ustida BYD avtomobili Chevrolet Gentra yölini tösib, haydovçilar örtasida janjal çiqqani aks etgan video tarqaldi.
Videoda BYD haydovçisi otasi bilan birgalikda Gentra haydovçisiga hujum qilgani aks etgan. Hujumga uçragan haydovçining homilador rafiqasi u bilan ketayotgan bölgan. Xabarlarda hodisa oqibatida homilador ayol bolani yöqotgani aytilgan.
Toşkent şahri Içki işlar boş boşqarmasi video böyiça örganiş işlari olib bordi va voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Yakkasaroy tumani Muqimiy köçasida Gentra haydovçisi BYD haydovçisi bilan yöl talaşişi tufayli janjal yuzaga kelgan.
«Öng polosada ketayotgandim, çap polosaga ötmoqçi edim, povorotni yoqib, çap polosaga ötdim. Orqamdan BYD kelayotgandi, unga xalaqit bermagandim, bemalol holatda ketayotgandim. Keyin BYD orqamdan kelib, signal çalib, vahima qilişni boşladi. Signal çalib taşladi. Şu holatda xotinim homilador, mazasi bölmay qoldi. Xotinim sekinroq yuring, dedi, sekinlaşdim. Lekin BYD vahima qilib yana orqamdan tiraşni boşladi. Öşa holatdan keyin maşinani öngga oldim. Keyin kelib yölimni tösib oldi», – dedi Gentra haydovçisi.
Haydovçining sözlariga köra, şundan söng BYD haydovçisi otasi bilan maşinadan tuşib, Gentra oynalarini sindirgan va haydovçisini döpposlagan.
«Xotinim homilador desam ham, yana kelib uryapti. Uning aytişiça, men uni siqib qöyibman. Heç qanday siqişli holat bölmagan u yerda. Agar men uni siqib qöygan bölsam, ming bor uzr, deb ketardim. Töğri kelib urib ketyapti. Imkon bermadi gapirişga», – deya qöşimça qildi jabrlanuvçi.
Boşqarma xabarida BYD haydovçisi yöl harakati qoidalarini buzib, Gentra yölini tösib, sun’iy ravişda tirbandlik keltirib çiqargani, maşina oynasini tepib sindirib, haydovçiga qöl kötargan, sökib, haqorat qilgani qayd etilgan.
«Muqimiy köprigiga çiqişda ozgina siqib qöydi. Oqibatda ozginça kelişmovçilik yuzaga kelib çiqdi. Maşinada ayol kişi borligini bilmagan edim. Ayollaridan ham, oilalaridan ham, Özbekiston xalqidan ham, hammanglardan uzr sörayman. Jahl ustida bunaqa iş qilmanglar. Qilgan işimdan afsusdaman. Jahl ustida notöğri iş qilib qöydim, bilmasdan», – deydi BYD haydovçisi.
Uning janjalga qöşilgan otasi Gentra haydovçisining harakatlarini haqorat sifatida qabul qilgani, öğlidan köra özining aybi köproqligini tan olib, jabrlanuvçi oiladan uzr söraşini bildirgan.











