AQŞ prezidenti Donald Tramp keskin bayonot bilan çiqib, Afğonistondan amerikaliklar tomonidan qurilgan Bagrom aviabazasini Qöşma Ştatlarga qaytarişni talab qildi.

«Agar Afğoniston AQŞ tomonidan qurilgan Bagrom aviabazasini qaytarib bermasa, yomon narsalar sodir böladi», deb yozdi Oq uy rahbari özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Tramp Buyuk Britaniyaga rasmiy taşrifining sönggi kunida ötkazilgan matbuot anjumanida aviabazaning strategik ahamiyatini ta’kidlab ötgan edi.

«Biz Bagromni qaytariş uçun harakat qilmoqdamiz. Bu baza bizga kerak. Buning asosiy sabablaridan biri uning Xitoy yadro quroli işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan joydan bir soatlik masofada joylaşganidir», dedi prezident.

Bunga javoban «Tolibon» vakili Zabihullo Mujohid Bagrom qaytarilmasligini aytdi.

«Biz amerikaliklarni Afğonistondan quvib çiqardik va ularning mamlakatimizda bölişiga rozi emasmiz», dedi u va aviabaza Afğonistonga tegişli ekanini, Qöşma Ştatlarning bu obekt böyiça har qanday rejalarini qabul qilib bölmasligini ta’kidladi.

2021 yil 1 iyulda (Jo Bayden prezidentligi davrida) AQŞ harbiylari aviabazani tark etdi va 2021 yil 15 avgustda boşlangan hujum paytida u «Tolibon» harakati tomonidan nazoratga olindi.

Amerika yetakçisi prezident Jo Bayden ma’muriyatini Bagrom aviabazasini toliblarga «topşirib», Xitoyga nazorat örnatiş imkonini berganlikda bir neça bor ayblagan.