Özbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlari vakant örinlariga 2025/2026-öquv yili uçun qöşimça qabul 25 sentabrdan 3 oktyabrga qadar (şu kuni ham) amalga oşiriladi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qildi.

Unga köra, 2025-yilgi kiriş imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija körsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, şu jumladan, röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida oliy ta’lim taşkiloti va bakalavriat ta’lim yönalişlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • davlat oliy ta’lim taşkilotlarida qolgan vakant bakalavriat ta’lim yönalişlariga tanlovda iştirok etiş uçun 2025 yil 25 sentabrdan 3 oktyabrga qadar (şu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi;
  • röyxatdan ötgan abituriyentlar töplagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda vakant örinlarga bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
  • röyxatdan ötiş jarayonida fanlar majmuasi mos bölgan bakalavriat yönalişini tanlaş imkoniyati beriladi;
  • tanlov natijalari böyiça qaydnomalar 2025 yil 8 oktyabrga qadar çop etilib, tegişli oliy ta’lim taşkilotlariga talabalikka qabul qiliş böyiça hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant örinlar qolgan bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.