Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
4 davlat Falastinni tan oldi
21 sentabr kuni Isroilning ittifoqçilari hisoblangan Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya Falastin davlatini tan oldi. Fransiya ham bu haftada Nyu Yorkdagi BMT sammitida Falastinni tan oladi.
Falastinliklarning bosib olingan hududlarda mustaqil davlat tuziş istagini aynan Buyuk Britaniya qöllab-quvvatlaşi alohida ramziy ahamiyat kasb etdi, çunki Ikkinçi jahon uruşidan keyin zamonaviy Isroil davlatini yaratişda uning roli muhim bölgan.
«Ğazodagi odam qöli bilan yaratilgan gumanitar inqiroz yangi tubanliklarga yetaklamoqda. Isroil hukumatining tinimsiz va tobora kuçayib borayotgan bombardimonlari, sönggi haftalardagi hujumlari, oçlik va vayronagarçilik butunlay çidab bölmas darajaga yetdi», dedi Britaniya boş vazir Keir Starmer.
Falastin prezidenti Mahmud Abbos tan oliş «Falastin davlati Isroil davlati bilan yonma-yon xavfsizlik, tinçlik va yaxşi qöşniçilikda yaşaşi uçun yöl oçadi», dedi.
Hamas qarorni olqişladi, biroq u «uruşni tugatiş va Isroil Ğarbiy sohilni anneksiya qilişining oldini oliş uçun amaliy çoralar bilan birga bölişi kerak», dedi.
Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu qarordan jahli çiqdi va Falastinni tan olgan davlatlarga javob qaytariş bilan tahdid qildi. «Bu amalga oşmaydi. Iordan daryosining ğarbida Falastin davlati tuzilmaydi», dedi u.
Ğarb hukumatlari tobora öz partiyalari va aholisi tomonidan bosim ostida qolmoqda: Ğazodagi ölimlar sonining doimiy oşişi, oç bolalarning suratlari va Isroilni jilovlaşga qodir emasliklari, hatto unga qurol yetkazişda davom etayotganliklari xalq tomonidan tanqid qilinmoqda.
«Tolibon» va Tramp bahsi
Afğonistondagi hukmron «Tolibon» harakati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid Trampning Bagrom aviabazasini Qöşma Ştatlarga qaytariş haqidagi talabiga javoban «mamlakatning içki işlariga aralaşmaslikni» maslahat berdi.
Bayonotda aytilişiça, AQŞ Dohada imzolangan kelişuv doirasida «Afğonistonning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarşi kuç işlatiş bilan tahdid qilmaslik va mamlakatning içki işlariga aralaşmaslik» majburiyatini olgan. «Şuning uçun ular öz majburiyatlariga sodiq qolişlari zarur», deb eslatdi «Tolibon» vakili.










