21 sentabr kuni Isroil hujumlari oqibatida Ğazoda kamida 40 kişi, jumladan 19 nafar ayol va bolalar, şuningdek Livanda 5 kişi halok böldi.

The Guardian naşrining mahalliy soğliqni saqlaş idoralariga tayanib xabar berişiça, Ğazo şahrining janubiy qismidagi turar joy binosiga uyuştirilgan bir zarbada kamida 14 kişi halok bölgan. Al-Avda şifoxonasi esa markaziy Ğazodagi Bureyj qoçqinlar lageriga qilingan hujumda kamida 8 falastinlik öldirilganini bildirdi.

Isroil, şuningdek, Livanning janubidagi Bint Jubayl şahrida dron hujumi uyuştirib, 5 kişini – uç bola va ularning otasini öldirdi. Livan prezidenti Jozef Aun bu zarbani qoralab, uni Isroil va Hizbulloh örtasidagi sulhni buziş deb atadi.

Reutersʼning Livan davlat axborot agentligiga tayanib yozişiça, zarba mototsikl va maşinaga qilingan, ikki kişi yaralangan. Parlament spikeri Nabih Berri öz bayonotida halok bölganlar orasida ota va uç farzandi borligini, onasi esa yaralanganini aytdi. Ularning AQŞ fuqaroligi borligi ham ma’lum qilindi. AQŞ davlat departamenti esa «dalillar şuni körsatadiki, halok bölgan beş kişidan heç biri AQŞ fuqarosi emas. Ulardan birining ilgari foydalanilmagan immigratsiya vizasi arizasi bölgan», — dedi.

Ötgan yil noyabrida sulh imzolanganiga qaramay, Isroil Livanga deyarli har kuni zarba berib kelmoqda. Livan armiyasiga köra, bu zarbalar soni 4 500dan oşgan. Livan hukumati Isroilning bunday harakatlari Hizbullohni qurolsizlantiriş böyiça sa’y-harakatlarni izdan çiqarmoqda, deya ta’kidladi.

Livan prezidenti Jozef Aun

«Biz Nyu-Yorkda tinçlik va inson huquqlari masalalarini muhokama qilayotgan bir paytda, Isroil xalqaro rezolyutsiyalarni muntazam ravişda buzişda davom etmoqda… Bolalarimiz qonidan ustun turadigan tinçlik bölişi mumkin emas», — dedi Aun.

Isroil hujumlarni kuçaytirmoqda

Isroil bu hafta Ğazo şahriga hujumlarini kuçaytirdi va şaharni egallaş kampaniyasining boşlanganini e’lon qildi. Armiya tinimsiz ravişda baland qavatli binolarni nişonga olmoqda. Humanitar xodimlarga faqat şifoxonalarda hujum qilinmaydi, deb ma’lum qilindi va şahardagi 1 million aholiga şaharni tark etişni buyurdi.