Saudiya Arabistoni Pokiston bilan mudofaa pakti imzolaşidan köp ötmay, Hizbulloh Ar-Riyodni Isroilga qarşi front oçişga çaqirdi. Uşbu murojaat ortida Eronning uzoq yillik proksi siyosati va mintaqada ta’sirni saqlab qolişga intilişi sezilayotgandek. Yaqin Şarqdagi muhim mavzular “Geosiyosat”da ekspertlar iştirokida muhokama qilindi.

“Hizbullohning Saudiyani Isroilga qarşi front oçişga çaqiriğida Eronning ta’siri va Ar-Riyodning munosabati qanday bölişi mumkin?”

Farhod Karimov: Avval Hizbulloh va Eron örtasidagi aloqalar juda yaqin edi. Hizbulloh aynan Eronning qöllab-quvvatlovi tufayli bugungi darajaga yetdi. Bunda diniy omil şiaviylik ham muhim rol öynadi. Ammo Suriyadagi siyosiy özgarişlar, Asad hokimiyatdan ketişi va Aş-Şar’aning hokimiyatga kelişi natijasida Eron bilan Livan örtasidagi aloqa kanallari uzildi. Natijada jismoniy va texnik nuqtayi nazardan yordam körsatiş imkoniyatlari yöqoldi. Hatto “Islom inqilobi qöriqçilari korpusi” ham bu jarayonga ta’sir ötkazolmayapti. Aş-Şar’a örtada jiddiy tösiq bölib qoldi. Bundan taşqari, Eronning özida ham ijtimoiy-iqtisodiy ahvol oğir. Isroil bilan bölgan 12 kunlik uruş va boşqa mojarolar mamlakat imkoniyatlarini ança qisqartirdi. Natijada Eron ustuvor vazifa sifatida içki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal qilişni belgilab oldi. Texnokrat prezident hokimiyatga kelib, taşqi keskinliklarni yumşatdi, Oyatulloh Xomanaiy ham bu yönalişni qölladi. Şuning uçun bugun Eronning Hizbulloh va boşqa proksi kuçlarni qöllab-quvvatlaş darajasi ança pasaygan. Isroil Hamasni deyarli neytrallaştirgaç, navbatni Hizbullohga qaratdi. Ular asosiy maqsad sifatida Hizbullohni qurolsizlantirişni belgilaşgan. Şu sabab Livan janubiga muntazam zarbalar berilmoqda. Isroilning pozitsiyasi aniq: Hizbulloh bor ekan, xavf mavjud. Uni yöq qilmagunça Isroil bu hududlardan çiqmaydi. HAMASning taqdiri Hizbullohni ham kutayotganini anglagan taşkilot rahbarlari xavotirga tuşdi. Şu bois Naim Qosim Saudiyaga murojaat qildi. Nega Eronga emas? Çunki Eron bugungi kunda moliyaviy va harbiy yordam bera olmaydi. Saudiyaning esa pozitsiyasi özgarib bormoqda: u Pokiston bilan harbiy ittifoq tuzmoqda, mintaqada öz rolini kuçaytirmoqda va hali Isroilni rasman tan olmagan. Şu sabab Hizbullohda “moddiy yordam bera oladigan yagona manba Saudiya bölişi mumkin” degan umid paydo böldi. Ammo buning ehtimoli juda past. Çunki Saudiya 2016 yildan beri Hizbullohni terrorçi taşkilot sifatida röyxatga kiritgan va hozirça bu qaraşni özgartirişga moyil emas. Bu orada Livan rahbarlari Fransiya, AQŞ va Yevropa davlatlari bilan muloqot boşlaşdi. Ularning asosiy maqsadi Livanni qayta tiklaş, investitsiyalar jalb qiliş. Biroq Ğarb davlatlari aniq şart qöydi: Livan qurolsizlantirilişi kerak. Bu talablardan eng avvalo Hizbulloh zarar köradi. Şu sabab Hizbulloh anglab yetmoqda: qançalik kuçli bölmasin, uning siyosiy va harbiy umri tugaş arafasida. Bu jarayon Isroilning bosimi orqali amalga oşişi mumkin. Naim Qosimning Saudiyaga murojaati ham oxirgi umid sifatida baholanmoqda. Bugun Hizbulloh murakkab bosqiçga kirib qoldi. Sababi Eronning yordam imkoniyatlari qisqardi, Isroil uni qurolsizlantirişga qat’iy kirişgan va Livan hukumati Ğarb bilan investitsiyalar evaziga Hizbullohni siyosiy maydondan çiqarişga tayyor. Şunday şaroitda taşkilot öz mavjudligini saqlab qoliş uçun yangi homiy izlamoqda. Ammo Saudiyaning bunga rozi bölişi ehtimoldan yiroq.