22 sentabr, duşanbaga ötar keçasi Rossiya Zaporijjyaga kamida beşta aviabomba bilan zarba berdi. Zaporijjya viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning sözlariga köra, ikki kişi halok bölgan, yana ikki kişi yaralangan, ulardan biri oğir ahvolda.

Zaporijjyadagi turar joy binolari, şuningdek, fuqarolik infratuzilmasi va sanoat obektlari zarba natijasida zarar kördi, deya qöşimça qildi Fedorov. U hujumdan keyingi suratlarni Telegramʼda joylaştirdi.

Keyinroq Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati boşliği şahardagi fuqarolik infratuzilmasi obektidagi yonğinni öçiriş böyiça fotoreportajni ham e’lon qildi.

Tunda Rossiya uçuvçisiz uçoqlari Ukrainaning Kiyev viloyatiga hujum qildi. Borispol tumanida uç qavatli turar joy binosi va ikkita xususiy uyda yonğin sodir böldi. Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalaşnikning sözlariga köra, 32 yoşli erkak yelkasidan jarohat olgan. Mahalliy jamoat guruhlari dronlar Ukraina poytaxtining asosiy havo eşigi bölmiş Borispol aeroportiga yöl olgani haqida xabar bermoqda. Kiyev viloyatining Obuxov tumanida urib tuşirilgan uçuvçisiz uçoq qoldiqlari köp qavatli turar joy binosi ustiga tuşdi, Fastivskeda esa xususiy uy yonib ketdi.