Şuningdek, respublika oliy ta’lim taşkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil iş stajiga ega bölgan hamda tavsiyanoma asosida suhbat orqali oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan abituriyentlar uçun 2025-2026 öquv yilida tölov-kontrakt miqdori belgilangan bazaviy tölov-kontraktga nisbatan 2 barobar etib belgilanadi.
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025-2026 öquv yili uçun respublikada faoliyat körsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga 1320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
2025 yil 29 sentabrdan 5 oktyabrga qadar (şu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoşlar uçun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim taşkiloti va ta’lim yönalişi böyiça) abituriyent sifatida röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi.
Röyxatdan ötgan abituriyentlar uçun 2025 yil 12 oktyabrga qadar test sinovlari ötkaziladi.











