Özbekiston Markaziy banki 24 sentabrdan xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQŞ dollari kursi kunlik savdolar yakuniga köra yana 86 sömga öz qiymatini yöqotdi.
Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket ikkinçi savdo kuni sömga nisbatan pasayib, 179 sömga yoki 12 349 sömdan 12 171 sömga arzonlaşdi. Bu – 2023 yilning sentabridan beri qayd etilgan eng past körsatkiç.

Yil boşidan buyon milliy valuta AQŞ valutasiga nisbatan qariyb 5,7 foizga mustahkamlandi. Taqqoslaş uçun: 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida söm 2,9 foizga qadrsizlangandi.
Söm dollarga nisbatan nega mustahkamlanyapti?
Birinçidan, dollarning özi global valuta sifatida qadrsizlana boşladi. Xususan, yillik nisbatda dollar indeksi 10,3 foizdan köproqqa qadrini yöqotdi. Çunki Trampning prezidentlikka kelişi va u tomonidan joriy qilingan savdo tariflari global iqtisodiy barqarorlik böyiça noaniqliklarni kuçaytirdi. Natijada investorlarning AQŞ iqtisodiyoti böyiça kutilmalari yomonlaşdi. Bu esa fond hamda valuta bozorlariga öz ta’sirini ötkazmasdan qolmadi.

Ikkinçidan, Özbekistonning iqtisodiy körsatkiçlari sömning mustahkamlanişiga yordam beryapti. Jumladan, global noaniqliklar fonida oltin narxining keskin ösişi kuzatildi. Xususan, yil boşidan beri qimmatbaho metall narxi qariyb 44 foizga oşdi. Özbekiston esa eng yirik oltin eksportyorlaridan biri hisoblanadi. 2025 yilning dastlabki 7 oyida 18 tonna sof oltin sotuvi amalga oşirildi.
Bundan taşqari, Özbekistonning xalqaro zaxira aktivlari tarkibida oltinning örni judayam katta hisoblanadi. Mazkur qimmatbaho metall narxining ösib borayotgani fonida Özbekiston zaxiralari hajmi yil boşiga nisbatan 8,9 mlrd dollarga oşdi. Bu esa öz-özidan Markaziy bankka valuta bozoriga ta’sir qiliş uçun köproq imkoniyat yaratadi.










